Manfaatdor tomonlardan olingan so‘rovnoma
0 просмотров

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Rejaga muvofiq, o‘quv jarayonini amaliyotga yo‘naltirish, tibbiyot laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, talabalarning tibbiy etika va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda raqamli ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha ishlar belgilandi.
Jumladan, tibbiyot birlashmalarida amaliy mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan integratsiyalash, laboratoriyalarni zamonaviy tibbiy texnikalar va simulyatorlar bilan boyitish, “Tibbiy etika va bemor psixologiyasi” yo‘nalishida interaktiv trening va keys-stadilar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Moodle, Google Classroom kabi raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish, mustaqil topshiriqlar va onlayn testlarni muntazam yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida ta’lim jarayonining amaliy yo‘naltirilganligi, moddiy-texnik ta’minoti, talabalarning kasbiy va kommunikativ kompetensiyalari hamda raqamli ta’lim imkoniyatlari yanada takomillashtirilishi kutilmoqda. Bu esa manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda ta’lim sifatini uzluksiz yaxshilashga xizmat qiladi.
